Biroq Favqulodda vaziyatlar vazirining so'zlariga ko'ra, yana yong'in yuzaga kelish ehtimoli bor.
Madaniy tadbirlar bekor qilindi, internet manbalari va telekanallar tasvirlarni oq-qora rangda uzatmoqda.
“Favqulodda vaziyatda ko'rsatgan jasorati va fidoyiligi uchun” vafot etgan 14 kishi mamlakat Prezidenti tomonidan “Kurmet” ordeni bilan taqdirlandi. Ular "Семей Орманы" davlat o'rmon xo'jaligi rezevati xodimlari. Qasim-Jomart Toqayev ish tartibini o'zgartirib, Vyetnamga tashrifini keyinga qoldirdi va Abay viloyatiga uchib ketdi. Davlat rahbari shtab qanday ishlayotganini ko'zdan kechirdi, halok bo'lganlarning yaqinlari bilan uchrashdi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, Abay viloyatidagi yong'in sayyoramizdagi eng katta yong'in sifatida tan olindi. Uning tarqalish maydoni allaqachon 60 ming gektarga yetdi. Hozir viloyatga barcha maxsus texnikalar olib kelingan, 1,5 mingdan ortiq kishi yong'inni o'chirishda davom etmoqda. Olovdan chiqqan tutun yaqin atrofdagi hududlarga tarqalmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda Jetisu aholisi quyuq tutun haqida xabar berishmoqda. Viloyat markazi Toldiqo'rg'on shahri ham tutun ichida. Qutqaruvchilar keksalar va nafas olish tizimi kasalliklariga chalingan odamlarga uydan chiqmaslikni maslahat bermoqda, deb xabar beradi mir24.tv.