Rossiyaning "Red Wings" aviakompaniyasi Qozon — Samarqand — Qozon yo'nalishi bo'yicha muntazam yo'lovchi qatnovlarini yo'lga qo'ymoqda. Bu haqida “Uzbekistan airports” xabar bermoqda.

2023-yil 30-oktabrdan shaharlar o'rtasida parvozlar boshlanishi rejalashtirilgan. Parvozlar haftada bir marta dushanba kunlari SU95 tipidagi samolyotlarda muntazam ravishda amalga oshiriladi.

Ma'lumot uchun, "Red Wings" Domodedovo aeroportida joylashgan Rossiya aviakompaniyasi bo'lib, muntazam va charter yo'lovchi tashishga ixtisoslashgan. Bugungi kunda aviatashuvchi O'zbekistonning beshta shahridan Rossiya Federatsiyasining beshta shahriga parvozlarni amalga oshirmoqda.