Rossiya Federatsiyasining shaharlaridan Oʻzbekistonga havo qatnoviga Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi va Qirgʻiziston fuqarolariga PZR tekshiruvidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani (qatnov joʻnashidan oldin kamida 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda amal qiluvchi) majburiy ravishda taqdim etish sharti bilan ruxsat beriladi. PZR maʼlumotnomasiga ega boʻlmagan yoʻlovchilar parvozga qoʻyilmaydi.
Aviachiptalarni aviakompaniyaning veb-saytidan, shuningdek, “Uzbekistan airways” AJning eng yaqin savdo ofislaridan yoki yoʻlovchi mintaqasidagi savdo agentlaridan sotib olish mumkin.