Hujjat o'sha davrdagi shaharning kundalik hayotiga oid noyob ma'lumotlarni taqdim etadi. Yozuv kichik tosh lavhada aks ettirilgan. U ivritcha nomlar, harflar va raqamlarni o'z ichiga olgan bo'lib, qisman saqlanib qolgan yettita qatorlardan iborat. Olimlar “Shimon” ismi va “mem” harfini (“pul” so'zining qisqartmasi) ma'nosini topishdi.
Tadqiqotchilarning fikricha, mazkur yozuv toshdan yasalgan lavhaga o'tkir asbob bilan o'yib yozilgan. Ilgari bunday topilmalar faqat Quddus chekkasida topilgan. Shahar markazida esa birinchi marta topilishi.
Olimlarning ta'kidlashicha, o'sha davrda Quddus aholisi, xuddi zamonaviy odamlar kabi, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda kvitansiyadan foydalangan, ammo bunday hujjatlar biz ko'rishga odatlangan narsalardan butunlay farq qilgan, dediladi mir24.tv saytida.