Qudratilla Rafiqov Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib saylandi

    Dolzarb 1 Noyabr 2025 606

    O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi qurultoyida Qudratilla Rafiqov delegatlarning 91,9 foiz ovozini olib, Federatsiya raisi etib saylandi.

    Mazkur qurultoyda ilk bor rais va uning o'rinbosarlari muqobillik asosida, yashirin ovoz berish orqali saylandi.

    Shuningdek, Ilhomiddin Qobilovich Shokirov hamda Baxtiyor Mahmadaliev O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi o'rinbosarlari etib saylandi.

    O'rinbosarlar ham muqobil nomzodlar orasida yashirin ovoz berish yo'li bilan saylandi.