Bu haqda Soliq qo‘mitasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur mablag‘ xonadonlarga o‘rnatilgan quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetikasi tizimiga uzatilgan 156 million 125 ming 388 kilovatt-soat elektr energiyasi uchun ajratiladi.

Subsidiyalarning eng katta qismi quyidagi hududlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:

  • Xorazm viloyati — 29,1 milliard so‘m;
  • Buxoro viloyati — 27,1 milliard so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 19,1 milliard so‘m.

Fuqarolar subsidiya mablag‘larini «Soliq» mobil ilovasidagi «Keshbèk va imtiyozlar» xizmati orqali «Quyoshli xonadon» bo‘limida joylashgan «Kartaga pul o‘tkazish» funksiyasi yordamida o‘z bank kartasiga o‘tkazib olishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 1 apreldan amalga oshirilayotgan «Quyoshli xonadon» dasturiga muvofiq, xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh panellari orqali ishlab chiqarilib, yagona elektr energetikasi tizimiga uzatilgan har bir kilovatt-soat elektr energiyasi uchun 1000 so‘m miqdorida subsidiya ajratiladi.