Quloqlarda shovqin, chiyillash yoki jiringlash paydo boʻlsa, nima uchun bunday alomat paydo boʻlganini bilish kerak. Eng koʻp uchraydigan sabab – qon bosimining pasayishi. Gipertenziya xuruji paytida qon tomirlari siqilganda, odam quloqlarda chidab boʻlmas xirillashni eshitishi mumkin, gipotenziv bemorlar esa yoqimsiz gʻichirlashdan shikoyat qiladilar.
“Miyaning onkologik va nevrologik kasalliklari quloqda shovqin yoki gʻichirlashni qoʻzgʻatishi mumkin. Bu haddan tashqari stress va charchash bilan ham sodir boʻladi”, deb tushuntirdi shifokor.
Quloqdagi shovqining sababi, shuningdek, osteoxondroz kabi qon aylanishi bilan bogʻliq muammolar boʻlishi mumkin. Agar odam stressni boshdan kechirayotgan boʻlsa, bu ham baʼzida oʻzini yoqimsiz tovushlar orqali namoyon qiladi.