Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kosonsoy tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.Y.» xususiy korxonasi rahbari K.Gʻ. tumandagi 3,6 gektar zaxiradagi yer maydonini oʻzboshimchalik bilan egallab olib, umumiy bahosi 802 mln soʻmlik 41,4 ming kub qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, davlat va jamiyat manfaatlariga juda koʻp miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-moddasi (oʻzboshimchalik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.