Jumladan, turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlari tomonidan respublikadagi 208 ta mehmonxona va mehmon uyi xizmatlari uchun 10-50 foizgacha hamda 160 ta umumiy ovqatlanish joyidagi xizmatlarga 5-40 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar joriy etildi.
“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ tomonidan nogironligi boʻlgan shaxslar uchun mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarga (“Afrosiyob” elektropoyezdidan tashqari) 10-20-iyuniga qadar chipta narxining tarif qismidan 15 foiz chegirma bilan taʼminlanadi.
“Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan mahalliy aholi uchun ziyoratgohlarga bepul kirishi taʼminlanadi.
Madaniyat vazirligi tomonidan mahalliy aholi uchun yurtimizdagi 36 ta teatrlar va “Oʻzbeksirk” davlat muassasasiga kirish uchun 25-100 foizgacha chegirmalar taqdim etildi.
Shuningdek, sayohatlarni yanada mazmunli tashkil etish maqsadida, Turizm qoʻmitasi tomonidan ichki turizm yoʻnalishidagi 72 ta turoperatorlar, 681 ta gidlar va hududlardagi 242 ta turistik maskanlari roʻyxati shakllantirildi.