Bu kamomat Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiyoʻl shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlandi.

Shu kabi holat Chiroqchi tumanida ham yuz berdi. Departamentning Chiroqchi tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasining sobiq rahbari M.S., bosh hisobchisi B.N. va boshqalar “H.M.” MCHJga yetkazib berilmagan avto ehtiyot qismlari uchun 100 mln soʻm, piyodalar yoʻlakchasini chiroqlar bilan bezatish uchun 40,4 mln soʻm, “E.T.” MCHJ bilan tuzilgan shartnomaga asosan ichimlik suvi inshootini qurishda bajarilmagan ish hajmlarni qoʻshib yozish orqali 195,1 mln soʻm jami 335,1 mln soʻmni oʻtkazib bergani aniqlangan.

Departamentning Konimex tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, “N.S.” MCHJ rahbari M.Sh. 1 soʻm qiymatda auksionga chiqarilgan 14-sonli maktabning eski binosini yutib olib, investitsiya majburiyatini bajarmasdan, binoning 199,8 mln soʻmlik yaroqli qurilish materiallarini oʻz ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganligi aniqlangan.