Konvensiya 1988-yil 20-iyunda XMT Bosh konferensiyasi sessiyasidan qabul qilingan. Konvensiya qurilish faoliyatining barcha turlarini, yaʼni qurilish, fuqarolik qurilishi, montaj va demontaj ishlarini, shu jumladan qurilish maydonidagi maydonni tayyorlashdan to obyekt qurib bitkazilgunga qadar har qanday jarayonlar, operatsiyalar yoki transportda tashish ishlarini qamrab oladi.

Muhokamalarda senatorlar Oʻzbekistonda mehnat xavfsizligi
va gigiyenasi talablariga rioya qilish holati, bu boradagi asosiy muammoli nuqtalar yuzasidan oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi. Mazkur konvensiya 32 davlat, shu jumladan Rossiya Federatsiyasi, Belarus va Qozogʻiston kabi MDH mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingani qayd etildi.

Shuningdek, Konvensiyaning aksariyat norma va qoidalari milliy qonunchilikka tatbiq etilgani alohida taʼkidlandi.

Ushbu konvensiyaning ratifikatsiya qilinishi qurilish sohasiga mehnat xavfsizligi va gigiyenasi boʻyicha xalqaro standartlarni samarali joriy etishga xizmat qiladi. Bu, ayniqsa, mamlakatimizning mehnatkashlar huquqlari kafolatini taʼminlashda asosiy xalqaro prinsip va standartlarga sodiqligini koʻrsatadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi

Senati Axborot xizmati.