“Qurolli to'dalar, jumladan, HAMAS tomonidan qo'llab-quvvatlanadigan guruhlar so'nggi ikki oy ichida G'azo shimolidagi banklardan kamida 120 million dollarni o'mardi”, deb yozadi gazeta BMT ma'lumotlariga tayanib.

Eng yirik o'g'irlik 17 va 18-aprel kunlari, Falastinning eng yirik banki talon-taroj qilinishini oldini olish uchun o'z omborini betonlab tashlaganidan ko'p o'tmay sodir bo'ldi. Favqulodda choralar yordam bermadi va guvohlarning nashrga aytishicha, ular omborxonada portlash ovozini eshitgan, shundan so'ng banknotlar havoga sochilgan. Ichki ma'lumotlarga ko'ra, talonchilar taxminan 31 million dollar olishga muvaffaq bo'lgan.

Qurolli guruhlar ikki oy ichida G'azo sektori shimolidagi bank kassalarida saqlanayotgan naqd pulning kamida uchdan bir qismini o'margani aytilmoqda. Taxminan 240 million dollar saqlanib qolindi, deb xabar beradi ria.ru.