Yigʻilishda Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston va MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdi.
Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi Bitim boʻyicha 2021-yil avgust oyida Nyu-Yorkda oʻtkazilishi rejalashtirilgan 10-obzorli konferensiyani tayyorlash va oʻtkazish boʻyicha oʻzaro ishonchga tayangan fikr almashinuvi boʻlib oʻtdi. Undan tashqari yadro qurolini tarqatmaslik, qurollanish va qurolsizlanish ustidan nazorat bilan bogʻliq bir qator dolzarb masalalar muhokama etildi.
Ishtirokchilar MDHga aʼzo davlatlarning barqaror tinchlik va xalqaro xavfsizlikning mustahkamlanishini taʼminlash maqsadida oʻz harakatlarini kelgusida muvofiqlashtirishga hamda birlashgan pozitsiyalardan kelib chiqib harakatlanishga tayyorligini tasdiqladi.
Qurolsizlanish boʻyicha qoʻshma maslahat kengashining navbatdagi yigʻilishi 2021-yil sentyabrda Minskda oʻtkazilishi rejalashtirildi, deb xabar beradi MDH Ijroiya qoʻmitasi matbuot xizmati.