Avval sahnada talabalar ishtirokida sahna koʻrinishlari koʻrsatildi va Choʻlpon hayotiga oid maʼruzalar tinglandi.
Kinokartina Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratilgan.
Filmni suratga olishda ssenariy muallifi Erkin Bozorov, rejissyor va prodyuser Husan Rashidov, operator Rustam Murodov, rassom Shuhrat Abdumalikov, kartina direktori Muzaffar Oʻrozqulovlardan iborat ijodiy guruh faoliyat olib borgan.
Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan 24 ta adib haqidagi “Xalq yuragi” turkum ostidagi hujjatli filmlarning barchasi “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida premyera qilinmoqda.