Bu haqda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.

Yurtimizda kuzatilayotgan jazirama kunlarda Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi Zoya Kogay ismli onaxon mayna turkumiga kiruvchi yovvoyi qushga suv bergani uchun tabiatga, hayvonot olamiga befarq boʻlmagani uchun Ekologiya boshqarmasi rahbariyati tomonidan taqdirlandi

Onaxonga Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi rahbariyati tomonidan tabiatga va uning ajralmas qismi boʻlgan qushlarga beeʼtibor boʻlmaganligi uchun minnatdorlik bildirilib, esdalik sovgʻa bilan taqdirlandi.