Xususan, Jazeera Airways aviakompaniyasining Quvaytdan Namanganga yo‘l olgan J9645 reysi Qirg‘izistonga yo‘naltirildi. Samolyot Bishkek aeroportiga mahalliy vaqt bilan soat 09:31 da qo‘ndi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Omsk-Namangan yo‘nalishi bo‘yicha uchgan HY9810 reysi Toshkent aeroportiga yo‘naltirildi va mahalliy vaqt bilan soat 07:55 da kelib qo‘ndi. Soat 05:50 ga belgilangan HY9825 (Namangan – Sochi) reysining uchishi esa kechiktirildi. Samolyot Namangan aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda, shundan so‘ng u belgilangan manzilga uchib ketadi.
Dubaydan mahalliy vaqt bilan soat 01:20 da uchib kelishi kerak boʻlgan Flydubai aviakompaniyasining FZ781/782 yoʻlovchi reysi Namangandagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli uchish aeroportida ob-havo sharoiti yaxshilanishini kutmoqda.
Namangan aeroportida xabar qilinganidek, ob-havo sharoiti asta-sekin yaxshilanmoqda. Aeroport yaqin bir necha soat ichida samolyotlarni qabul qilish va jo‘natishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishi mumkin.