Quyi palatadagi 12 ta qoʻmita oʻrnida 10 ta yangilangan qoʻmita tashkil qilindi

    Kelgusi besh yilda Qonunchilik palatasi oldida gʻoyat ulkan vazifalar turgani taʼkidlandi.

    Quyi palatadagi 12 ta qoʻmita oʻrnida 10 ta yangilangan qoʻmita tashkil qilindi. Ilk bor parlamentimizda Tadbirkorlik, raqobat va sanoat qoʻmitasi tuzilgani yurtimizda ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

    Endi palatadagi qoʻmitalar aʼzolari bilim va tajribasini tinimsiz oshirib, masʼuliyatni chuqur his etib, yanada koʻproq mehnat qilishlari lozimligi, puxta bilim, professional malaka, yuksak fazilat va tafakkurga ega boʻlgan deputatgina quruq gap va populizmdan yiroq boʻlishi koʻrsatib oʻtildi.

    Har bir qoʻmita qoshida fuqarolik jamiyati institutlari vakillaridan iborat jamoatchilik kengashlari tuzilsa, yaxshi samara berishga ishonch bildirildi.