Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Erkinov quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi mashinani yaratdi.
Shahzod O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Yangi innovasiyalar ustida tinimsiz izlanishlar olib boruvchi o‘quvchi o‘zining "repetitor-robot"i orqali respublikada tanilgan.