Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi  Vobkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabning 9-sinf o‘quvchisi Shahzod Erkinov quyosh energiyasi orqali harakatlanuvchi mashinani yaratdi.

Shahzod O‘zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ko‘rik-tanlovlarda faol ishtirok etib kelmoqda.

Yangi innovasiyalar ustida  tinimsiz izlanishlar olib boruvchi o‘quvchi o‘zining "repetitor-robot"i orqali respublikada tanilgan.