“Assalom, Navro'z” kino-oyligi doirasida kuni kecha kinoijodkorlar, estrada yulduzlari ishtirokida sumalak sayli bilan birga kontsert dasturi ham tashkil etildi.

Tadbirning ilk kuni bo'lib o'tgan bayram tantanalari davomida “Rangsiz tushlar” fil`mi rejissyori Ayub Shahobiddinov va senarist Umid Hamdamovlar Bangladeshda o'tkazilgan "Cinemaking IFF" xalqaro kinofestival` statuetkasi bilan taqdirlanishdi.

“O'zbekkino” MA buyurtmasiga binoan suratga olingan badiiy fil`m festivalning "eng yaxshi stsenariy" yo'nalishi bo'yicha  g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Mukofotni Bangladesh Xalq Respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Janob Jahongir A'lamning shaxsan o'zi topshirdi.

"Assalom Navro'z" kino-oyligi axborot hamkorlari "Sevimli", "Mening yurtim" va "Yoshlar" telekanallari

“O'zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati