Aksariyat rivojlangan davlatlarda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni aynan shunday innovatsiyalar bilan hamohang olib borish allaqachon kundalik zaruratga aylangan.

Prezidentimizning 2026 yil 4 apreldagi “Mamlakatda yangi ishlanmalar asosida ishlab chiqarishni tashkil etish tizimini joriy qilish hamda ilm-fanni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida ayni shu muhim maqsadlar o‘zining aniq ifodasini topgan. Mazkur maqsadlar oldimizda turgan o‘ta muhim vazifalarni sun’iy idrok imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirgan holda qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Endi o‘zlashtirilgan bilimlarni qalin kitoblarda yoki faqat nazariyada qoldirmay, zudlik bilan tijoriylashtirish, texnologik transferlarni yo‘lga qo‘yish kabi amaliy qadamlarqa o‘tish fursati yetdi. Bugun biz tayyorlayotgan kadrlar shunchaki bilimlar egasi emas, balki o‘zlashtirgan ko‘nikmasini iqtisodiy va ijtimoiy qadriyatga aylantira oladigan zamonaviy mutaxassislar bo‘lishi qat’iy talab etilmoqda.

Gumanitar yo‘nalishga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalari orasida uzoq yillar davomida saqlanib kelgan va muayyan ma’noda taraqqiyotga to‘siq bo‘lgan eski qarashlar mavjud. Endi texnologik jarayonlar faqat aniq fanlarga aloqador degan yanglish fikrdan butunlay voz kechish vaqti keldi. Hozirgi mutaxassis uchun faqat o‘z yo‘nalishi doirasida bilimga ega bo‘lish yetarli emas. U sohalararo, ya’ni fanlarning o‘zaro tutashuv nuqtalarida ham erkin harakatlana olish ko‘nikmasini puxta o‘zlashtirishi shart. Kompyuter lingvistikasi va sun’iy idrok kabi murakkab yo‘nalishlarni adabiyot, tarjimashunoslik, sotsiologiya, psixologiya hamda xalqaro munosabatlar singari an’anaviy gumanitar fanlar bilan chambarchas bog‘lash orqali mutlaqo yangi, istiqbolli tarmoqlarni kashf etish dolzarb ehtiyojga aylandi. Ulkan matnlarni avtomatik tahlil qilish, jamiyatdagi ijtimoiy kayfiyatni raqamli algoritmlar yordamida o‘rganish kabi zamonaviy ko‘nikmalar gumanitar soha vakillarining ham asosiy ish quroliga aylanishi zarur.

Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan ikki yuzdan ziyod davlat, xususiy, qo‘shma hamda xalqaro oliy o‘quv yurtlarining rivojlanish rejalariga sun’iy idrok elementlari qadam-baqadam, izchillik bilan kiritilmoqda. Yoshlarni kelajakka tayyorlaydigan maskanlar o‘z bitiruvchilarida davrning eng ilg‘or texnologiyalari bilan ishlash malakasini shakllantirmay turib, mehnat bozori talablariga javob beradigan munosib kadrlarni yetishtirib chiqara olmaydi. Qabul qilinayotgan har bir davlat dasturini quruq yodlash yoki shunchaki qog‘ozda ijro etish bilan cheklanib bo‘lmaydi. Aksincha, ularni zamonaviy talablar, innovatsion yondashuvlar hamda raqamli texnologiyalar nuqtai nazaridan chuqur tahlil qilib, ta’lim tizimiga moslashtirgan holda tatbiq etish yagona to‘g‘ri yo‘ldir. Shundagina oliygohlarga sarflanayotgan davlat sarmoyasi va xususiy investitsiya o‘zini to‘la oqlaydi hamda jamiyat uchun real manfaat keltiradigan ilmiy mahsulotlarga aylanadi.

Shunday keng ko‘lamli islohotlar xalqaro maydonda ham mutaxassislar diqqat markazidan chetda qolayotgani yo‘q. Nufuzli xalqaro reyting agentliklari oliy ta’lim muassasalari faoliyatini baholashda sun’iy idrok elementlarining fan dasturlariga qay darajada singdirilganiga qat’iy e’tibor qaratmoqda. Reyting tuzuvchilar universitetning umumiy strategik rejasidagi axborot texnologiyalariga oid jihatlarni eng muhim mezonlardan biri sifatida qabul qilyapti. Endi ta’lim dargohlari yana bir o‘ta jiddiy va murakkab chiqiriqdan, aniqrog‘i, texnologik moslashuvchanlik sinovidan o‘tkazilmoqda. QS xalqaro reyting agentligining aynan fanlararo yondashuvni baholovchi maxsus ro‘yxatida yurtimizdagi yettita universitet e’tirof etilgani qilinган mashaqqatli mehnatlarning dastlabki samaraси bo‘ldi.

Yosh avlodni faqat yirik shaharlarda emas, eng chekка va olis hududlarda ham zamonaviy ilmlarga oshno qilish ta’lim siyosatining o‘zак масаласига айланиб bormoqda. Xususan, xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirgan, xalqaro miqyosda e’tirof etilgan yuqori darajadagi sertifikatlarga ega mutaxassislarga olis qishloqlarda maxsus o‘quv markazlari ochish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani e’tiborга mоlik. Ana shunday tashabbuslar zamirida yoshlarga nafaqat sifatli ta’lim berish, balki ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, uzoq muddatli imtiyozli sarmoyalar ajratish orqali hududlar o‘rtasidagi infratuzilma tafovutini keskin qisqartirish maqsadi mujassam.

Olimlarimizning fundamental va amaliy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishda sinab ko‘rish hamisha katta mablag‘ talab qilgan. Endi ana shu tajriba-sinov ishlari uchun sarflanadigan xarajatning maxsus jamg‘armalar hisobidan qoplab berilishi soha mutaxassislariga katta ruhiy va moddiy dalda bo‘lmoqda. Iqtidorli talaba o‘z g‘oyasini shunchaki qog‘ozga tushiribgina qolmay, uni muvaffaqiyatli tijoriylashtirish asnosida tayyor mahsulot darajasiga olib chiqish imkoniga ega. Ta’lim dargohlari huzurida ochilayotgan yangi avlod korxonalari, xususan, intellektual salohiyatga tayangan spin off loyihalar shunchaki tajriba maydonchasi bo‘lib qolmaydi. Ularning sarmoyaviy fondiga ulush qo‘shish va olingan sof foydani yana bevosita ilm-fanga yo‘naltirish mexanizmining qonuniy kafolatlanayotgani iqtisodiy mustaqillik sari tashlangan salmoqli qadamdir.

Vazirlik tizimida va universitetlar huzurida tashkil etilayotgan yangi innovatsion korxonalar hamda ilmiy ekotizimlar amalda iqtidorli yoshlardaning ko‘nikmalarini real iqtisodiyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Mazkur yangicha ilmiy-amaliy platformalar orqali nafaqat muhandislar, balki jamiyatshunos va tilshunos izlanувchilarning ham o‘z intellektual salohiyatini tijoriylashtirishi ko‘zda tutilgan.

Nozliya NORMURODOVA,

filologiya fanlari doktori, professor