Joriy yilning 14-17-mart kunlari Shveysariyaning Jeneva shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (International Telecommunication Union) tomonidan Axborot hamjamiyati boʻyicha xalqaro sammit forumi boʻlib oʻtmoqda.
Unda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi delegatsiyasi hamda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari ham ishtirok etishmoqda.
Sammit doirasida inklyuziv rivojlanishda raqamli hamkorlik va sherikchilik, raqamli tafovutni qisqartirish, Forumning 2025-yildan keyingi rejalari hamda ustuvor vazifalari kabi mavzularda muhokamalar boʻlib oʻtmoqda.
Shuningdek, 16-mart kuni Vazirlik delegatsiyasi hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqtisodiy va Ijtimoiy masalalar boʻyicha departamenti (UNDESA) vakillari oʻrtasida oʻzaro hamkorlik va kelgusidagi rejalar muhokamasi yuzasidan uchrashuv boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.