Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi aholiga murojaat bilan chiqdi

    Voqea-hodisalar 22 Dekabr 2023 1149

    Dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boricha haddan tashqari oshirib yuborilishi, soʻngra ularning narxi haqiqiy narxigacha tushirilishi mumkin.

    Qoʻmita tahlillariga koʻra, ayrim yirik savdo tarmoqlari foyda olish maqsadida koʻpincha xaridorlar bilan turli xil manipulyatsiyalarga kirishishi, masalan, dastlab taklif qilinadigan tovarlarning narxlari iloji boricha haddan tashqari oshirib yuborilishi, soʻngra ularning narxi haqiqiy narxigacha tushirilishi mumkin.

    Bunda xaridorlar tomonidan chegirmali tovarlarni xarid qilish orqali ularda foydali xarid hayolini/illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.

    Odatda koʻpincha, bayramlar oldidan yirik savdo markazlari va doʻkonlar tovar narxlarini keskin koʻtarishi, keyin esa chegirmalar eʼlon qilish orqali goʻyoki, tovar narxlarini keskin tushirilganligi toʻgʻrisida reklamalar beriladi, haqiqatda esa chegirmadagi tovar narxi eski narxdagi holatiga qaytarib, goʻyoki 20-30% chegirmalar qoʻllanilgandek taqdim etiladi.

    Qoʻmita oʻz navbatida, tovarlarni, mahsulotlarni chegirma bilan sotish holatlariga eʼtiborliroq boʻlish, tovarlarni sotib olishdan oldin uning sifati va nuqsonsiz ekanlignini tekshirishni unutmaslika chaqiradi.

    Oʻzbekiston Respublikasi “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 6-moddasiga muvofiq, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) isteʼmolchiga oʻzi realizatsiya qilayotgan tovar (ish, xizmat)lar haqida oʻz vaqtida zarur, toʻgʻri va tushunarli maʼlumot berishi shartligi belgilangan.