Rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatish ishga tushdi

    Raqamlashtirish 16 Iyul 2022 1670

    Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qaroriga asosan Oʻzbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʻyish tizimini yoʻlga qoʻyildi.

    Hozirda sifatli davlat xizmatini koʻrsatish maqsadida rasmiy hujjatni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslarning imzolari va tashkilot muhr izi namunalarini raqamlashtirish bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.

    Birinchi bosqichda taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʻyish boʻyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.

    Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.