Qarorga koʻra:

- Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi huzurida oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim tizimida tayyorgarlik bosqichi sifatida Rassomlik mahorat ustaxonasi (oliy rassomlik kursi) (keyingi oʻrinlarda - Rassomlik mahorat ustaxonasi) tashkil etiladi.

Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi.

Rassomlik mahorat ustaxonasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmasligi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Rassomlik mahorat ustaxonasiga ikki yilda bir marotaba 10 nafar stajyor-tadqiqotchilar qabul qilinadi hamda oʻqish muddati soha xususiyatidan kelib chiqqan holda ikki yil davom etadi.

Rassomlik mahorat ustaxonasini saqlash xarajatlari 2022-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti parametrlarida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasiga ajratiladigan mablagʻlar doirasida nazarda tutiladi.

Rassomlik mahorat ustaxonasi faoliyatini samarali tashkil etish (moddiy-texnika bazasini shakllantirish, asbob-uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlash) uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy tashkilotlarning grantlarini jalb qilinadi.

Rassomlik mahorat ustaxonasiga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi binosidan xonalar ajratiladi va zarur shart-sharoitlar yaratiladi.