Shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi dunyoda dronlardan keng foydalanilmoqda. Ularning har turli ko'rinish va o'lchamlilari kun sayin ko'payib bormoqda.  

“New Atlas”ning ma'lum qilishicha, Amerikaning “Aevum” kompaniyasi sun'iy yo'ldoshlarni orbitaga olib chiqishga qodir bo'lgan “Ravn X” yirik uchuvchisiz havo vositasini namoyish qildi.

Ma'lum qilinishicha, dronning uzunligi 24 m, balandligi 5,5 m, bitta qanotining uzunligi esa 18 m bo'lib, odatdagi yoqilg'idan foydalanadi.

Deyarli har qanday ob-havo sharoitida parvoz qilishga qodir “Ravn X”ning 70 foiz qismlari qayta ishlatilishi mumkin.