Majlisda Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazuvchi uchastkalarda referendum kuni oʻz yashash joyida boʻlish imkoniyatiga ega boʻlmagan fuqarolar uchun muddatidan oldin ovoz berish oʻtkazilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.
Unga koʻra, muddatidan oldin ovoz berish 2023-yil 19-aprel kuni boshlanib 2023-yil 26-aprel kuni yakunlanishi belgilandi va referendum uchastkasida muddatidan oldin ovoz berish vaqti ish kunlari soat 9:00 dan soat 18:00 ga qadar, dam olish va bayram kunlari soat 12:00 dan soat 16:00 ga qadar boʻlib oʻtishi qayd etildi.