Bugun Samarqanddagi Registon ansamblining Ulug‘bek madrasasida “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritilganligi to‘g‘risida sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sertifikatlarni topshirish marosimida Yevroosiyo iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Piskurev hamda Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdilar.

Samarqanddagi Registon ansambli va Shohi Zinda majmuasi “Turistik diqqatga sazovor obyektlar butunjahon ro‘yxati”ga kiritildi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekistonning 4 ta tarixiy diqqatga sazovor joylari ushbu ro‘yxatga kiritilgan.