“Registonda yana ertakona muhit hukm surdi” — Saida Mirziyoyeva

    Mamlakatimizda 27 Avgust 2024 940

    Shu yilning 26-avgust kuni Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

    Samarqand mezbonligidagi “Sharq taronalari” musiqa festivali ochilish marosimida Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ishtirok etib, oʻzining taassurotlari bildirdi.

    — Har safar “Sharq taronalari” festivalida Samarqandni sehrli kuy-ohanglar chulgʻab oladi. Mana, kecha ham Registon maydonida yana ertakona muhit hukm surdi, — deb yozadi Saida Mirziyoyeva.

    Bu bayram birdamlik, hamjihatlik kayfiyatini baxsh etuvchi musiqa va madaniyatdan bahramand boʻlish uchun noyob imkoniyatdir.