— Londonda magistraturada oʻqiyotgan paytimda oʻzbek professori, musiqashunos Aziza Sultonova bilan tanishib qoldim. Dutorni juda yaxshi chalar ekan. Aziza opa yangi yilga oʻzi tashkillashtirgan tadbirda menga dutor chalishni tavsiya qilgan. Oʻshandan buyon, yaʼni 2002-yildan dutor chalishga qiziqib qoldim va shu sanʼatni oʻrganyapman. Oʻzbek xalq kuylari, bastakorlik boʻyicha Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi professori Roʻzibi Xoʻjayevadan saboq oldim. Malika Ziyoyevadan maqom sirlarini oʻrgandim. 2008-yil oʻzbekistonlik ustozlarimning yordami bilan Kaliforniya universitetida dutor ansamblini ochdik. Ustozlarim talabalarimizga mahorat darslari oʻtadi. Turli tadbirlar tashkil etishga yordam berishadi. Umuman olganda, mendan mehrini ayamaydi. Ularga cheksiz muhabbatim isboti oʻlaroq, Oʻzbekistondagi ayol musiqachilar haqida kitob yozdim. Ilmiy-amaliy konferensiyadagi maʼruzamda dutor ansambli, Kaliforniyadagi ustoz-shogirdlik anʼanalari haqida batafsil toʻxtaldim.

Shu oʻrinda aytmoqchimanki, davlatingiz rahbarining madaniyat va sanʼatga boʻlgan yuksak eʼtibori, soha vakillarini qoʻllab-quvvatlashi juda koʻp yutuqlarga omil boʻlyapti. Shuning uchun men oʻzbekistonlik sanʼat vakillari bilan hamkorlikni yanada kengaytirmoqchiman.


Munojat Moʻminova