“Mister Nokaut” – biografik drama boʻlib, mashhur sovet boksyori, 1964-yilda Tokioda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari gʻolibi, ikki karra Yevropa chempioni, olti karra SSSR chempioni va Vel Barker Kubogini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻlgan yagona sovet boksyori Valeriy Popenchenko hayoti haqida hikoya qiladi.

Boʻlajak Olimpiya chempionining yoshligi urushdan keyingi yillarda Toshkentdagi Suvorov maktabida oʻtadi. Ushbu fakt Oʻzbekistonda yaʼni Toshkent, Buxoro, Chirchiq va Yangiobodda filmni suratga olish uchun asosiy omil boʻldi.
Film ijodkorlaridan postanovkachi operator, postanovkachi rassom, ikkinchi rejissyor, kartina direktori yurtimizga tashrif buyurishgan.

Film direktori va prodyuser mashhur rejissyor Nikita Mixalkovning oʻgʻli, “9 rota”, “Duxless”, “Sibirskiy siryulnik” kabi afsonaviy filmlarda rol ijro kilgan Artyom Mixalkov. 

“Mister Nokaut” Artyom Mixalkovning “Ostanovka”, “Zagadka chernogo prinsa”, “Ctrasti po Rossii”, “Stavka na lyubov”, “Moskva, ya lyublyu tebya!” filmlaridan keyingi oltinchi toʻliq metrajli rejissyorlik ishi hisoblanadi.