Unda professional va havaskor kinomutaxassislar va ijodkorlar ishtirokida davra suhbatlari, press-konferensiyalar, uchrashuvlar va yangi filmlar namoyishlari tashkil etildi.

Mazkur sammitda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Fox music cinema” studiyasi tomonidan suratga olingan “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” badiiy filmi rejissyori Yolqin Toʻychiyev maxsus diplom bilan taqdirlandi, deb xabar beradi Kinematografiya agentligi matbuot xizmati.

Film ssenariy muallifi va rejissyor Yolqin Toʻychiyev, postanovkachi operator Bahodir Yoʻldoshev, postanovkachi rassom Bektosh Rajabov, film direktori Shavkat Rizayev.

Rollarda Bahrom Matchonov, Yulduz Rajabova, Elmira Rahimjonova, Marjona Oʻljayeva, Sanobar Haqnazarova, Nodira Xojiquliyeva va boshqalar.

Maʼlumot uchun, kinokartina Rossiyadagi “Moskva premyerasi”, “GoEast” (Festival of Central and Eastern Europan Film), VI Xalqaro Osiyo kinofestivali (Asian world film festival, “Pusan” xalqaro kinofestivallarida ishtirok etib, bir qancha mukofotlarni qoʻlga kiritgan.