Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madrahimova talabalar turarjoylari va ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar holidan xabar oldi.
Soʻnggi kunlarda havo harorati keskin pasaygani sababli qish mavsumida talabalarning yashash sharoitini oʻrganish zarurati yuzaga keldi. Rektor talabalar bilan ularning yashash sharoiti, mavjud muammolari haqida suhbatlashdi.
Talabalar turarjoylarida yoshlar boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida turli mashgʻulotlar band edi. Institut rektori jarayonda talabalar bilan ishtirok etdi. Yoshlar bilan kelajakdagi maqsad va rejalari xususida suhbatlashdi. Shundan soʻng ijara xonadonlarda istiqomat qilayotgan talabalar sharoiti bilan tanishdi, ular bilan suhbatlashdi. Mavjud muammolarni hal etish boʻyicha tegishli masʼullarga koʻrsatmalar berildi.