Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Oʻzsuvtaʼminot“ AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodov maʼlum qildi.
Bunda eng yuqori koʻrsatkichlar quyidagicha:
— Fargʻona viloyatida – 1 500 ta;
— Toshkent shahrida –1 400 ta;
— Sirdaryo viloyatida –1 400 ta.
Mazkur qonunbuzarliklar tufayli jamiyat manfaatlariga jami 75,7 milliard soʻmdan ortiq zarar yetkazilgan.
Bundan tashqari, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida aksiyadorlik jamiyati va uning hududiy suv taʼminoti korxonalari tomonidan respublika boʻyicha 26,9 ming nafar jismoniy va yuridik isteʼmolchi qarzdorligi uchun suv taʼminoti tarmogʻidan uzilgan. Ushbu holatlarning 13,3 mingtasi, yaʼni eng yuqori koʻrsatkichi Toshkent shahrida qayd etilgan.
Taʼkidlash joiz, hisobot davri davomida suv taʼminoti tarmoqlariga noqonuniy ulanish hamda suv taʼminoti va kanalizatsiya xizmatlari boʻyicha 139,3 ming nafar isteʼmolchidan jami 421 milliard soʻmlik mablagʻni undirish maqsadida fuqarolik va iqtisodiy sudlarga tegishli hujjatlar taqdim etilgan.
Kiritilgan ishlar boʻyicha sudlar tomonidan 68,5 mingta 224 milliard soʻmlik sud qarorlari qabul qilinib, bugungi kunda Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda ijro varaqalari ijrosini taʼminlash boʻyicha ishlar davom ettirilmoqda.