Bu boʻyicha xalq deputatlari viloyat kengashi tomonidan 24-mart kuni ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi narxlari tasdiqlandi.

Unga koʻra, bir metr kub ichimlik suvi narxi quyidagicha belgilanmoqda:

  • aholi uchun — 2800 soʻm;
  • byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 6700 soʻm.

Oqova suv xizmati:

  • aholi uchun — 1900 soʻm;
  • byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun — 5300 soʻm boʻladi.

Bunda aholi hamda byudjet tashkilotlari va ulgurji isteʼmolchilar uchun ichimlik va oqova suv narxlari QQSsiz hisoblangan.