UzAning maʼlum qilishicha, suv ombori qurilgandan buyon tiklash-taʼmirlash ishlari bajarilmagan. Avariya eshiklarining quvurlari yemirilishi oqibatida suv sizish holatlari kuzatilganligi va taʼmirlash-tiklash ishlarni uchun ombor suvi quritilgan.
— Suvni toʻliq quritmasdan taʼmirlash-tiklash ishlar ishlarni amalga oshirib boʻlmaydi, — deydi Qizilsuv suv ombori uchastkasining boshligʻi Toshkent Siddiqov. — Shuning uchun xabarnoma asosida suvni chiqarganmiz. Qizilsuv suv omboridan chiqqan suv Yakkabogʻ gidrouzeli orqali Chimqurgʻon suv omboriga tashlangan. Shunchaki suv oqizib yuborilgani yoʻq.
Uning qoʻshimcha qilishicha, taʼmirlash- tiklash ishlari uzogʻi bilan toʻrt kun ichida tugatiladi va suv omborida qaytadan suv yigʻishni boshlanadi. Agarda u vaqtida taʼmirlanmasa, kelgusida fojeali holatlarga olib kelishi mumkin.
Maʼlumot uchun: Ushub suv ombori 1980-yil qurilishi boshlanib, 1991-yil eksplutatsiyaga topshirilgan. Suv ombori 9 million metr kub suv hajmiga ega. Hozirgi paytda 5 million 800 metr kub foydali hajmi bor. Asosan Turnabuloq daryosidan toʻyinadi. Yigʻilgan suv qishloq xoʻjalik ekinlarini sugʻorish uchun Yakkabogʻ gidrouzeli orqali tarqaladi.








