Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishga doir birinchi navbatdagi tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida

    Hujjatlar 25 Yanvar 2023 14514

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 21 dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–269-son Farmoniga muvofiq, shuningdek, vazirlik va idoralar faoliyatini samarali tashkil qilishga yo‘naltirilgan birinchi navbatdagi chora-tadbirlarni belgilash maqsadida:

    1. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar (keyingi o‘rinlarda – vazirlik va idoralar) hamda ular hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining Davlat byudjeti hamda byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan jami boshqaruv xodimlarining umumiy cheklangan soni 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    Vazirlik va idoralar tizimida jami 17 447 ta shtat birliklari qisqartirilayotganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.

    Vazirlik va idoralarning byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha boshqaruv shtat birliklarini kiritish qat’iyan taqiqlansin.

    2. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarning yagona ro‘yxati hamda ularning to‘liq (rasmiy) va qisqartma nomlari 2 va 2a-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 9 dekabrdagi “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF–3358-son Farmoni o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    3. Vazirlik va idoralar rahbarlari uch hafta муддaтдa har bir vazirlik va idora faoliyatini mutlaqo yangi tizim asosida tashkillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjati loyihasini kiritsin. Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:

    vazirlik va idoralarning aniq asosiy faoliyat yo‘nalishlarini belgilash, qabul qilingan rivojlantirish dasturlari, strategiyalar va konsepsiyalarni amalga oshirish;

    sohalarda hal qilinishi lozim bo‘lgan masalalarga yechim topishga yo‘naltirilgan tashkiliy-huquqiy va moliyaviy chora-tadbirlar, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, fuqarolarning tizimli muammolarini hal etish;

    byudjet mablag‘laridan maqsadli va oqilona foydalanish, davlat xaridlari shaffofligini oshirish, shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari uchun teng imkoniyatlar yaratish orqali davlat xaridlari jarayonida raqobatni rivojlantirish;

    energiyani tejash, uning samaradorligini oshirish va sohaga qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng jalb qilish;

    tegishli sohalarda davlat-xususiy sheriklik va autsorsing mexanizmlarini keng joriy qilish, 2023 yildan boshlab vazirlik va idoralar hamda ularning tizim tashkilotlarining ayrim funksiyalarini bosqichma-bosqich xususiy sektorga o‘tkazish;

    litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillaridagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash. Bunda, litsenziya va ruxsat berish xususiyatiga ega hujjat talab etiladigan faoliyat turi, ularni berish uchun talab etiladigan hujjatlar soni, xizmat ko‘rsatish vaqti hamda ularni berish uchun to‘lovlar (yig‘imlar) miqdorini kamaytirish;

    tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish (ularga xizmat ko‘rsatish, davlat tomonidan subsidiya taqdim etish, imtiyoz berish va boshqacha tartibda qo‘llab-quvvatlash) hamda aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish;

    sohani rivojlantirish dasturlari uchun jalb qilinadigan grant va texnik ko‘mak mablag‘larining prognozi hamda uning aniq yo‘nalishlarini belgilash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish guruhlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish;

    vazirlik va idoralar tizimidagi davlat unitar korxonalari (muassasalari), mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda davlat ulushi bo‘yicha aksiyalar paketi boshqaruviga berilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarningfaoliyatini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, ulardagi davlat ulushini xususiylashtirish bo‘yicha taklif tayyorlash;

    vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan nazorat funksiyalarini “xavfni tahlil etish” tizimi natijalari asosida amalga oshirish tartibini takomillashtirish, shuningdek, ularni muvofiqlashtirish va nazorat funksiyalarinimaqbullashtirish;

    vazirlik va idoralar hamda ularning tizimidagi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlari va aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning modelini takomillashtirish;

    vazirlik va idoralarda hamda ular tarkibiga kiradigan tashkilotlar kesimida korrupsiya avj olgan sohalarda uning rivojlanish sabablari va shartlarini o‘rganish asosida ushbu sohalarning har biriga “tashxis qo‘yish” hamda korrupsiya omillarini bartaraf etish;

    sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, shu jumladan, vazirlik va idoralarning ish jarayonini raqamlashtirish;

    sohada faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning kasbiy mahorati va mas’uliyatini oshirish, tizim tashkilotlariga tashabbuskor, fidoyi, sadoqatli, o‘z ustida doimiy ishlaydigan kadrlarni jalb qilish hamda ularning salohiyatini doimiy ravishda oshirib borish;

    vazirlik va idoralarning tashkiliy tuzilmalarini tasdiqlash, ular tarkibiga kiritilgan muassasalarning faoliyatini takomillashtirish;

    qonunchilik hujjatlarini to‘liq xatlovdan o‘tkazish, o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish zarur bo‘lgan normativ-huquqiyhujjatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish.

    4. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda tarkibiy bo‘linmalarni shakllantirish hamda lavozimlarni joriy etishga oid yagona talablar 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

    Vazirlik va idoralar rahbarlari shtatlar jadvallarini ishlab chiqish va ro‘yxatdan o‘tkazishda mazkur Farmon bilan tasdiqlanayotgan yagona talablarga qat’iy amal qilsin.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev) Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev) bilan birgalikda uch oy муддaтдa vazirlik va idoralarga yuklatilgan vazifalarni xatlovdan o‘tkazish hamda ishlab chiqarish va yordamchi xodimlarni kiritish bo‘yicha shtat normativlarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

    5. Vazirlik va idoralar rahbarlari belgilangan vazifalarining bajarilishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishining uzluksizligini ta’minlash maqsadida uch kun муддaтдa o‘z rahbarlari o‘rinbosarlari o‘rtasida aniq vazifalar va funksiyalarni taqsimlab, ular faoliyatini samarali tashkil qilsin, shuningdek, ajratilgan mablag‘lar doirasida vazirlik va idoralarning markaziy apparati, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining vaqtinchalik tuzilmalarini, shtat birliklarini hamda nizomlarini tasdiqlasin. Bunda:

    qayta tashkil etilgan, bo‘ysunuvi o‘zgartirilgan va tugatilgan davlat boshqaruvi organlarining tuzilmasi va shtat birliklari inobatga olinsin;

    ish haqi va boshqa xarajatlar vaqtinchalik xarajatlar smetasi doirasida amalga oshirilsin.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligiga vazirlik va idoralarda shtat birliklari maqbullashtirilishi natijasida xodimlar bilan oylik ish haqlari bo‘yicha yakuniy o‘zaro hisob-kitoblarni amalga oshirish maqsadida vazirlik va idoralarning vaqtinchalik xarajatlar smetasida, istisno tariqasida, zarur mablag‘larni 2023 yilning 1-choragi uchun rejalashtirishga ruxsat berilsin.

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev) vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan tasdiqlangan shtat birliklari doirasida ish haqi va boshqa xarajatlar uchun belgilangan tartibda mablag‘ ajratilishini ta’minlasin.

    6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan tasdiqlangan vazirlik va idoralarning markaziy apparatlari, hududiy va tuman (shahar) bo‘linmalarining tuzilmalari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.

    7. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi (B.Musayev) ma’muriy islohotlar doirasida yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralarga shtatlar jadvalini tuzish, xodimlarni ishga qabul qilish, mehnat munosabatlarini davom ettirish va bekor qilishни rasmiylashtirish bo‘yicha tushuntirish ishlarini, shuningdek, mehnat qonunchiligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirsin.

    Belgilansinki, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalarda yangi rahbariyat shakllangunga qadar xodimlarni ishga qabul qilish va mehnat munosabatlarini rasmiylashtirish ishlari mazkur idoralarda amalda faoliyat yuritayotgan rahbarlar (rahbarlar mavjud bo‘lmasa ularning o‘rinbosaridan biri) tomonidan amalga oshiriladi.

    8. Belgilab qo‘yilsinki:

    yangi tashkil qilingan va qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralar faoliyati tugatilgan yoki qayta tashkil qilingan vazirlik va idoralarning tegishli huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;

    2023 yil 1 yanvardan boshlab qayta tashkil etilgan va faoliyati tugatilgan davlat organlarining ish yurituvida bo‘lgan litsenziyalash, ruxsat berish, xabardor qilish va boshqa davlat xizmatlarini ko‘rsatish to‘g‘risidagi hujjatlar va arizalar tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan hamda tugatilayotgan tashkilotning tegishli funksiyalari o‘tkazilgan vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi;

    davlat unitar korxonalarida xodimlar soni, ularning mehnatigahaq to‘lash va rag‘batlantirish shartlari hamda xizmat avtotransport vositalarining cheklangan soni va turlarini tasdiqlashda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan majburiy ravishda kelishiladi.

    Adliya vazirligi (A.Tashkulov) Raqamli texnologiyalar vazirligi (Sh.Shermatov) bilan birgalikda uch kun муддaтдa:

    barcha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga va “Litsenziya” axborot tizimiga ulanishini;

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali va “Litsenziya” axborot tizimi orqali kelib tushgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan hujjatlar va arizalarning tegishliligi bo‘yicha yangi tashkil etilgan vazirlik va idoralar orasida qayta taqsimlanishini ta’minlasin.

    9. Iqtisodiyot va moliya vazirligi (Sh.Kudbiyev) uch oy муддaтдa:

    yuridik maqomga ega bo‘lgan jamg‘armalar ijro etuvchi organlarining (direksiyalar, boshqaruv qo‘mitalari va departamentlari hamda boshqalar) faoliyatini tugatish, ularning funksiyalarini tegishli vazirlik va idoralarga o‘tkazish;

    vazirlik va idoralarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish tizimini ilg‘or tajriba asosida tanqidiy tahlil qilgan holda, ularning sonini va saqlash xarajatlarini qisqartirish, mazkur vazifani autsorsing tizimi asosida tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

    10. Adliya vazirligi (A.Tashkulov) vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy муддaтдa qonunchilik hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini kiritsin.

    11. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U.Umurzakov zimmasiga yuklansin.

    O‘zbekiston Respublikasi

    Prezidenti Sh.MIRZIYOEV

    Toshkent shahri,

    2023 yil 25 yanvar