Respublika ishchi guruhi ommaviy qabuli tashkil etilmoqda

    Mamlakatimizda 11 May 2023 1895

    Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari aholisi diqqatiga!

    12 may kuni soat 10-00 da Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Alisher Navoiy nomidagi istirohat bog'ida Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari aholisi uchun Respublika ishchi guruhining ommaviy qabuli tashkil qilinadi.

    Ochiq-jonli muloqotlarda Prezident Administratsiyasi, Xalq qabulxonasi mas'ullari, Oliy sud raisi, Bosh prokuror, Ichki ishlar vaziri hamda Qashqadaryo, Surxondaryo va Buxoro viloyatlari mas'ul rahbarlari murojaatchilar bilan yuzma-yuz muloqot olib boradi.