Ushbu anʼnalarga sodiq holda bugun, Qurbon hayiti arafasida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashabbusi bilan Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi, ”Chigʻatoy” MFY hamkorligida poytaxtimizning Farobiy koʻchasidagi Chigʻatoy qabristonida keng miqyosdagi obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Markaz xodimlari tomonidan yoʻlaklar atrofi, boʻsh joylarga mavsumiy manzarali gul koʻchatlari oʻtqazildi. Hududda tozalash, saranjom-sarishtalash yumushlari bajarildi. Marhumlar xotirasiga oʻrnatilgan qabr toshlari artilib, chang-gʻuborlardan tozalandi.

Amalga oshirilgan hashar tadbirlari marhumlar xotirasiga hurmat bajo keltirish, ularni eslash bilan bir vaqtda hayotning uzviyligi, abadiyligi haqidagi qarashlarga hamohang boʻldi. Tiriklar marhumlar ruhi qarshisida burchlidirlar.

Shu kabi xayrli tadbirlar kelgusida ham Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tomonidan doimiy tarzda amalga oshiriladi, deb yozmoqda markaz matbuot xizmati.