BIRINCHIDAN, joriy yilning 15 iyunidan quyidagi toifadagi shaxslarga aviaqatnovlar orqali sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo'lgan davlatlarga:

a)O'zbekiston Respublikasidan kirish va chiqishga ruxsat berildi:

 xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xodimlari hamda ularning oila a'zolari;

➖ investitsiya loyihalari doirasidagi O'zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xorijiy kompaniya va boshqa tashkilotlar mutaxassislari;

➖ davolanish uchun kelayotgan (chiqayotgan) shaxslar;

➖ xorijda yaqin qarindoshlari yoxud og'ir kasal bo'lgan qarindosh-urug'lari mavjud bo'lgan shaxslar;

➖ xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari so'rovlariga asosan O'zbekiston Respublikasi orqali boshqa davlatlarga olib o'tilayotgan (tranzit harakatlanayotgan) shaxslar;

➖ O'zbekiston Respublikasida doimiy ro'yxatdan o'tgan xorijiy davlat fuqarolari, doimiy yashovchi fuqaroligi bo'lmagan shaxslar, shuningdek, xorijiy davlatda doimiy ro'yxatdan o'tgan O'zbekiston Respublikasi fuqarolari;

b)o'qish va mehnat faoliyatini davom ettirish uchun fuqarolarga O'zbekiston Respublikasidan chiqishga ruxsat berildi. Bunda, aviaqatnovlar sanitariya qoidalari va normalariga qat'iy amal qilgan holda tashkil etiladi.

 IKKINCHIDAN, O'zbekiston Respublikasiga: 

🟢 sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo'lgan (yashil reyslar) — YAponiya, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo'lib turgan) kirib kelgan shaxslar KARANTIN NAZORATIGA OLINMAYDI;

 🟡 koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) — Evropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo'lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida UY KARANTINI nazoratiga olinadi;

 🔴 koronavirus infektsiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar — evakuatsiya reyslari) — qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, eron, Afg'oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida KARANTIN nazoratida SAQLANADI.

 Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo'lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo'lgan, shuningdek, og'ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O'zbekiston Respublikasiga kelish uchun AVIABILETLAR REALIZATSIYA QILINMAYDI.

 UCHINCHIDAN, fuqarolarga qulayliklar yaratib berish maqsadida Respublikada epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda,

🟡🟢 “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan hududlar o'rtasida sanitariya-gigiena qoidalariga qat'iy rioya etgan holda quyidagi POEZDLAR QATNOVI tiklanishiga ruxsat berildi:

Toshkent - Buxoro - Toshkent;
Toshkent - Termiz - Toshkent;
Toshkent - Xiva - Toshkent;
Toshkent - Nukus - Toshkent;
Andijon - Xiva - Andijon;
Andijon - Buxoro - Andijon;
Andijon - Termiz - Andijon.

 Bunda, Transport vazirligi Sog'liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi bilan birgalikda hududlardagi epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib poezdlar qatnov rejasini belgilab boradi.

 SHuningdek, Toshkent-Samarqand-Toshkent yo'nalishi bo'yicha sanitariya-epidemiologik talablarga qat'iy rioya etgan holda “Afrosiyob” poezdlarining qatnovlari yo'lga qo'yilishiga ruxsat berildi.

 YUqoridagilar bilan bir qatorda avtotransport vositalarida yolg'iz harakatlanayotgan haydovchiga tibbiy niqobdan foydalanmaslikka ruxsat berildi.

 TO'RTINCHIDAN,davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarining tarbiyalanuvchilarni qabul qilishga puxta tayyorlash, shu jumladan sanitariya-gigienik qoidalar va xavfsizlik choralarini to'liq ta'minlash maqsadida ularning faoliyatiga joriy yilning 1 avgustidan boshlab ruxsat beriladi. Bunda: 

➖ davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari binolari doimiy ravishda dezinfektsiya qilinadi, ularga kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfektsion “to'shaklar” bilan jihozlanadi;

➖ xodimlar tibbiy niqob va tibbiy qo'lqopdan foydalanadi va ijtimoiy masofani saqlaydi; 

➖ tana harorati 37*S va undan yuqori bo'lgan yoki infektsiya alomatlari mavjud bo'lgan xodim va tarbiyalanuvchilar mashg'ulotlarga kiritilmaydi.  

SHu bilan birgalikda, 2020 yil 15 iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga ruxsat berilgan bo'lib, bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida mashg'ulotlarni 15 kishidan ortiq bo'lmagan guruhlarda tashkil etish to'g'risidagi cheklov bekor qilindi. 

Bunda, nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar o'rtasida koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishga qaratilgan karantin cheklovlariga qat'iy rioya etilishi bo'yicha mas'uliyat maktabgacha ta'lim tashkiloti ma'muriyati hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar zimmasiga birdek yuklatiladi.

5️⃣ BESHINCHIDAN, yuqorida keltirib o'tilganlar bilan birgalikda, jamoat joylarida tibbiy niqobdan va antiseptik vositalardan foydalangan holda harakatlanish bo'yicha sanitariya-gigiena talabiga qat'iy rioya etilishi, shu jumladan ijtimoiy masofani saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish belgilanmoqda.

Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq “qizil”, “sariq” va “yashil” hududlarga ajratish tartibi, shuningdek, kuchaytirilgan sanitariya-gigiena nazorati joriy yilning 1 avgustiga qadar saqlab qolinadi.

 Karantin cheklovlari sharoitida faoliyat yuritishiga ruxsat berilgan tadbirkorlik sub'ektlariga (qurilish, umumiy ovqatlanish, xizmat ko'rsatish ob'ektlari va b.) tegishli ob'ektlarda belgilangan sanitariya-gigiena talablariga rioya etmaslik oqibatida koronavirus infektsiyasi aniqlangan taqdirda ushbu ob'ektlarni va shaxslarni karantinga olish hamda saqlash bilan bog'liq xarajatlar mazkur sub'ektlar hisobidan qoplanishi belgilandi.