Andrey Baskov dastlab RSTIAM faoliyati bilan yaqindan tanishib, markazning malakali mutaxassislari bilan sohadagi nazariy va amaliy bilimlarini ulashdi. Shuningdek, sportchilarni davolash va reabilitatsiya qilishning ilgʻor ishlanmalari va usullari boʻyicha mutaxassislar uchun seminar oʻtkazdi.

Andrey Baskov Respublika endokrinologiya markazi va “Ezgu niyat” klinikasining faoliyati bilan ham tanishdi. Yakunda RSTIAM va “OrthoSpine” klinikasi oʻrtasida oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolandi.