Markaziy bank axborot xizmatining xabar berishicha, respublikamiz boʻylab oʻrnatilgan toʻlov terminallari soni 437 163 tani tashkil etib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 62 036 taga yoki 17 foizga oshdi.
Oʻrnatilgan bankomat va infokiosklar soni 11 621 ta boʻlib, bu oʻtgan yilning 1-dekabr holatiga nisbatan 2 912 taga yoki 33 foizga oshgan.
Muomaladagi bank kartalari soni esa 26 mln. dan oshib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln. donaga koʻpaydi.









