Masalan, oʻtgan olti oyda Andijon, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo va Xorazmda kambagʻallik 2 foizdan ortiq kamaygan boʻlsa, Navoiy, Surxondaryo, Fargʻona va Toshkent shahrida oʻzgarish boʻlmagan.
Respublikaning 15 ta tumanida kambagʻallik 20 foizdan yuqori. Bular – Amudaryo, Beruniy, Qonlikoʻl, Nukus, Taxtakoʻpir, Xoʻjayli, Chimboy, Guliston, Mirzaobod, Oqoltin, Sardoba, Gurlan, Yangiariq, Yangibozor va Tuproqqalʼa.
Bu tumanlarda kambagʻallikni qisqartirish uchun uch yilda 1,7 trillion soʻmlik arzon kredit va subsidiya berilgan boʻlsada, oʻzgarish boʻlmagan.
Aholiga boʻlib berilgan yerlar boʻyicha 16 ta tumanda 2-3-martadan hosil olish hisobiga kambagʻallik 2 karra kamaydi. Bular – Paxtaobod, Baliqchi, Gurlan, Xonqa, Oltiariq, Dangʻara, Konimex, Boyovut, Jomboy, Shofirkon, Sh.Rashidov, Zomin, Shahrisabz, Oʻrtachirchiq, Boʻka, Taxiatosh tumanlari.
Lekin, 14 ta tuman – Qonlikoʻl, Shumanay, Qorovulbozor, Peshku, Chiroqchi, Muborak, Nurobod, Oqoltin, Muzrabot, Bandixon, Qiziriq, Ohangaron, Parkent, Tuproqqalʼada oʻzgarish sezilmayapti.
Tuman hokimlari, ularning iqtisodiyot va qishloq xoʻjaligi boʻyicha oʻrinbosarlariga bu boradagi faoliyati sustligi boʻyicha qatʼiy eʼtiroz bildirildi.