Respublikaning togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

    2024-yil 23-30-aprel kunlari kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo harorati oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida dengiz sathidan 2000 metr balandlikda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi.

    “Oʻzgidromet” xabariga koʻra, quyidagi hududlarda qor koʻchishi ehtimoli bor:

    Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
    Namangan viloyati: Pop tumani.

    Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan.