“Oʻzgidromet” xabariga koʻra, quyidagi hududlarda qor koʻchishi ehtimoli bor:

Toshkent viloyati: Boʻstonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi togʻlari);
Namangan viloyati: Pop tumani.

Togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda togʻli hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyot choralarini koʻrish soʻralgan.