“Richard III” tarixiy asari yana sahnada

    Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari B.Axmedov va bir guruh hayʼat aʼzolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.

    Maʼlumki, oʻzbek teatr sanʼatini jahon talablari darajasiga koʻtarish, respublika teatrlarda badiiy barkamol sahna asarlari sonini oshirish maqsadida teatrlarda xorijiy dramaturgiyaning nodir durdonalari sahnalashtirilib kelinmoqda.

    Jumladan, joriy yilning 4-fevral kuni Buxoro viloyati musiqali drama teatrida Shekspirning “Richard III” asari asosida yaratilgan spektakl namoyishi boʻlib oʻtdi.

    Spektakl Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vaziri oʻrinbosari B.Axmedov va bir guruh hayʼat aʼzolari tomonidan muhokama etildi va ijobiy baholandi.

    Mazkur sahna asari taniqli rejissor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Valixon Umarov tomonidan sahnalashtirilgan.

    Spektaklning premerasi sanasi tez orada maʼlum qilinadi.