Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Rishton tuman boʻlimi tomonidan IIB bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.T. Tojikiston davlat universitetida tahsil olayotgan talaba A.ning ishonchiga kirib, uning oʻqishini 1 200 AQSH dollari evaziga Fargʻona davlat universitetiga koʻchirib berishni vaʼda qilib, shundan 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.