Shu yilning 6-avgust kuni soat 13:00 larda, Qoʻriqlash boʻlimi xodimi, kichik serjant Sherzod Odilov Rishton tumani Zodiyon qishlogʻidan oqib oʻtuvchi Katta Fargʻona kanalida choʻkayotgan ayolni koʻrib qoladi.
Soʻng uni zudlik bilan suvdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam koʻrsatgan va hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Fargʻona viloyati IIB xabar qildi.
Aniqlanishicha, 2004-yilda tugʻilgan R.A. (ayol) ehtiyotsizlik oqibatida suvga tushib ketgan.
Tuman tibbiyot boʻlimi uni tibbiy koʻrikdan oʻtkazib, sogʻligʻi yaxshi holatda ekani maʼlum qildi.








