U yerda 7-17 dekbr kunlari “TurkSib. Ijodkorlik va doʻstlik yoʻli” nomli Xalqaro ijodiy loyiha tadbirlari boʻlib oʻtadi. Ushbu loyihada Oʻzbekiston, Rossiya, Qirgʻiziston, Tojikiston, Azarbayjon, va boshqa davlatlar ishtirok etadi. “
"TurkSib Ijodkorlik va doʻstlik yoʻli” loyihasining asosiy maqsadi: eski, anʼanaviy hunarmandchilikning yoʻqolib ketgan turlarini (asosan kulolchilik) hamkorlikda qaytadan tiklash va ushbu loyihada ishtirok etayotgan davlatlarda “TurkSib” xalqaro fondi tomonidan koʻrgazma-yarmarkalar, Savdo oʻylari va innovatsion loyihalarni tashkil etish koʻzda tutilgan. Delegatsiyani taniqli kulol, Oʻzbekiston Respublikasi badiiy Akademiyasi aʼzosi, Oʻzbekiston respublikasi “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, xalqaro keramika markazi direktori, anʼanaviy keramika maktabi oʻqituvchisi Bunyod Yunusov boshqaradi.
Keramika ustalari Sibirdagi hamkasblari uchun mahorat darslari oʻtkazadilar va “Rossiya-mening tarixim” tarixiy bogʻida Oʻzbekiston Respublikasining “koinot gʻildiragi” dekorativ – amaliy sanʼati koʻrgazmasini ochadilar.
Loyiha doirasida “Sibir mehmondoʻstligi” xalq anʼanalari kuni, “hunarmandchilikning Milliy xususiyatlari” davra suhbati, “Sibir va Oʻzbekiston Respublikasi ustalari oʻrtasida xalqaro madaniy almashinuv istiqbollari” davra suhbati, “Sharqiy bozor” koʻrgazma-yarmarkasi, “oʻzbek dastarxoni” xalq anʼanalari kuni, Novosibirsk rassomlarining ustaxonalarida ekskursiyalar va qoʻshma ishlar oʻtkaziladi.
Munojat Moʻminova