Huquqbuzarning shaxsi aniqlandi: u Olmazor tumanida joylashgan yuqorida qayd etilgan musiqa maktabi oʼquvchisi 17 yoshli X.O. boʼlib, huquqbuzarlik voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilganligi sababli, 
2022 yil 28 may kuni uning otasi, 46 yoshli U.E. taʼlim muassasasiga chaqirtirildi. Unga farzandining tarbiyasi boʼyicha masʼul ekanligi tushuntirildi va Oʼzbekiston Respublikasi MJTKning 47-moddasiga asosan jarimaga tortildi.

Ota va oʼgʼil bilan hayvonlarga nisbatan shafqatsiz munosabatga yoʼl qoʼyib boʼlmasligi, bunday huquqbuzarlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik mavjudligi tushuntirilib, profilaktik suhbat oʼtkazildi.

Voyaga yetmagan shaxs tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik haqidagi maʼlumotlar tuman hokimiyati huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari boʼyicha boʼlimga yuborildi.

Shuningdek, Olmazor tumani 4-sonli IIB xodimlari tomonidan ushbu videorolikni uyali telefonda suratga olgan va internetga joylantirgan shaxs 16 yoshli Sh.A. ekanligi, muqaddam shu maktabda oʼqiganligi aniqlandi. Voqea yuzasidan oʼsmir bilan ota-onasi ishtirokida suhbat oʼtkazildi.